Samarqand tuman 12-son Bolalar musiqa va san’at maktabi
Mazkur maktab O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoniga muvofiq 2014 yil yangidan qurilgan bo’lib, Samarqand tuman Gulobod qo’rg’onida joylashgan. Hozirgi kunda maktabga Fozilov Tolib Karimovich rahbarlik qilib kelmoqda.
Maktabda 34 ta oily va o’rta-maxsus, yuqori malakali pedagog hodimlar faoliyat olib boradilar. Maktabda 165 nafar o’quvchi tahsil oladi. Ulardan 90 ga yaqinini qiz bolalar tashkil etadi. Maktabda fortepiano, torli cholg’ular (skripka, gitara), Damli va zarbli cholg’ular (klarnet, gaboy, truba, fleyta, baraban, ksilafon), xalq cholg’ulari (doira, rubob, dutor, g’ijjak, nay, chang) xonandalik (an’anaviy, estrada, akademik vokal), musiqa nazariyasi, umumiy fortepiano va jo’rnavozlik, jamoa ijrochiligi va ansambllar hamda San’at yo’nalishlari (tasviriy san’at, amaliy san’at, zardo’zlik, miniatyura, teatr aktyorligi, xoreografiya) bo’limlar ish faoliyat yuritadi.
Mazkur bo’limlarga maktabning eng faol va bilimli, hurmatga sazovor bo’lgan o’qituvchilari rahbarlik qilishadi. Bundan tashqari maktabda Madaniyat kasaba uyushmasi, Yoshlar ittifoqi kabi uyushmalar ham o’z faoliyatini olib boradilar. Bundan tashqari maktab o’quvchilari tuman, viloyat, Respublika hatto Xalqaro miqiyosdagi ko’rik-tanlovlarda ham faol ishtirok etib kelmoqdalar.
Maktabda ikki xil ta’lim tizimi mavjud bo’lib, bu 7 yillik (6 yoshdan — 9 yoshgacha bo’lgan bolalar qabul qilinadi) va 5 yillik ta’lim (6 yoshdan — 11 yoshgacha bo’lgan bolalar qabul qilinadi) tizimlaridir. Maktabda ta’lim ikki smenada umumta’lim maktabdan uzilmagan holda tashkil etiladi.
Darslar har bir o’quvchi bilan alohida aholida (individual tartibda) olib boriladi. O’quvchilarga asosiy mutaxassislik fanlariga qo’shimcha sifatida solfedjio, musiqa adabiyoti, xor, ansambl, notani varoqdan o’qish, umumiy fortepiano va tanlangan fanlar o’qitiladi. Maktab faoliyati nota tizimini biladigan, mutaxassislik ko’rsatkichi yuqori bo’lgan o’quvchilar (musiqachilar) ni tayyorlashdan iborat. Ushbu musiqa maktab Samarqand viloyatidagi yetakchi maktablardan biridir.
O‘sib kelayotgan yosh avlodning maʼnaviy olami va madaniy saviyasini yuksaltirish yoshlarimizning milliy va jahon musiqa madaniyatining yuksak namunalaridan keng bahramand bo‘lishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish va shu asosda musiqiy taʼlimni yanada rivojlantirish, o‘quvchilarga musiqa, tasviriy, amaliy va raqs sanʼati bilimlarining boshlang‘ich asoslarini o‘rgatib, ularni sanʼat olamiga yetaklash, iqtidorli o‘quvchilarni shu sohaning o‘rta-maxsus bilim yurtlariga kirish uchun tayyorlash ishlarini kuchaytirish yo‘lida maktabimiz jamoasi xam o‘z eʼtiborlarini oshirdilar.
Maktab bo‘lim boshliqlari o‘quv yili boshida rejalashtirgan, hamda maʼmuriyat tomonidan tasdiqlangan ish rejalari asosida ish olib borishdi.O‘quv yili davomida hamma bo‘limlarda bo‘lim yig‘ilishlari, ota- onalar yig‘ilishlari va ochiq darslar o‘tkazildi.
Maktabimizda o‘quvchilarni taʼlimga jalb qilish, dars jarayonining sifatini oshirish uchun maktabda bir qancha ishlar va tadbirlar o‘tkazib borildi.
O‘qituvchilar yosh avlod qalbida mexr–muxabbat va sadoqat, vatanparvarlik kabi insoniy fazilatlarni kamol toptirish, maʼnaviy yetuk inson bo‘lib voyaga yetishlari uchun bor imkonlarini ishga solmoqdalar. O‘quv yili davomida barcha bo‘limlarda berilgan topshiriqlar o‘z vaqtida bajarilib ijrosi taʼminlanmoqda.
Joriy yil davomida tuman xokimligi va viloyat xalq taʼlimi boshqarmasi tomonidan berilgan barcha topshiriqlar o‘z vaqtida bajarilib kelinmoqda. Maktab o‘qituvchi va ishchi xodimlari maktabda o‘tkaziladigan mavsumiy xashar va obodonlashtirish ishlarida xam birgalikda xamjixat bo‘lib faol qatnashib keldilar
Maktabimizda hozirda 10 ta bo’lim mavjud bo’lib bular
- Fortepiano
- Torli cholg’ular
3.An’anaviy xonandalik
4.An’anaviy sozandalik
5.Estrada xonandaligi
6.O’zbek xalq cholg’ulari
7.Amaliy san’at
8.Teatr san’ati
9.Tasviriy san’at
10.Xoreografiya san’atlari mavjud
