Maktab haqida

Samarqand tuman 12-son Bolalar musiqa va san’at maktabi

Mazkur maktab O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoniga muvofiq 2014 yil yangidan qurilgan bo’lib, Samarqand tuman Gulobod qo’rg’onida joylashgan. Hozirgi kunda maktabga Fozilov Tolib Karimovich  rahbarlik qilib kelmoqda.

Maktabda 34 ta oily va o’rta-maxsus, yuqori malakali pedagog hodimlar faoliyat olib boradilar. Maktabda 165 nafar o’quvchi tahsil oladi. Ulardan 90  ga yaqinini qiz bolalar tashkil etadi. Maktabda fortepiano, torli cholg’ular (skripka, gitara), Damli va zarbli cholg’ular (klarnet, gaboy, truba, fleyta, baraban, ksilafon), xalq cholg’ulari (doira, rubob, dutor, g’ijjak, nay, chang) xonandalik (an’anaviy, estrada, akademik  vokal), musiqa nazariyasi, umumiy fortepiano va jo’rnavozlik, jamoa ijrochiligi va ansambllar hamda San’at yo’nalishlari (tasviriy  san’at, amaliy  san’at, zardo’zlik, miniatyura, teatr  aktyorligi, xoreografiya) bo’limlar ish faoliyat yuritadi.

Mazkur bo’limlarga maktabning eng faol va bilimli, hurmatga sazovor bo’lgan o’qituvchilari rahbarlik qilishadi. Bundan tashqari maktabda Madaniyat kasaba uyushmasi, Yoshlar ittifoqi kabi uyushmalar ham o’z faoliyatini olib boradilar. Bundan tashqari maktab o’quvchilari tuman, viloyat, Respublika hatto Xalqaro miqiyosdagi ko’rik-tanlovlarda ham faol ishtirok etib kelmoqdalar.

Maktabda ikki xil ta’lim tizimi mavjud bo’lib, bu 7 yillik (6 yoshdan — 9 yoshgacha bo’lgan bolalar qabul qilinadi) va 5 yillik ta’lim (6 yoshdan — 11 yoshgacha bo’lgan bolalar qabul qilinadi) tizimlaridir. Maktabda ta’lim ikki smenada umumta’lim maktabdan uzilmagan holda tashkil etiladi.

Darslar har bir o’quvchi bilan alohida aholida (individual tartibda) olib boriladi. O’quvchilarga asosiy mutaxassislik fanlariga qo’shimcha sifatida solfedjio, musiqa adabiyoti, xor, ansambl, notani varoqdan o’qish, umumiy fortepiano va tanlangan fanlar o’qitiladi. Maktab faoliyati nota tizimini biladigan, mutaxassislik ko’rsatkichi yuqori bo’lgan o’quvchilar (musiqachilar) ni tayyorlashdan iborat. Ushbu musiqa maktab Samarqand viloyatidagi yetakchi maktablardan biridir.

O‘sib kelayotgan yosh avlodning maʼnaviy olami va madaniy saviyasini yuksaltirish yoshlarimizning milliy va  jahon musiqa madaniyatining  yuksak  namunalaridan  keng  bahramand  bo‘lishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish va shu asosda musiqiy taʼlimni  yanada  rivojlantirish, o‘quvchilarga musiqa, tasviriy, amaliy   va  raqs  sanʼati bilimlarining boshlang‘ich  asoslarini o‘rgatib, ularni sanʼat olamiga yetaklash, iqtidorli o‘quvchilarni shu sohaning o‘rta-maxsus bilim yurtlariga kirish uchun tayyorlash ishlarini kuchaytirish yo‘lida maktabimiz jamoasi xam o‘z eʼtiborlarini oshirdilar.

Maktab bo‘lim boshliqlari o‘quv yili boshida rejalashtirgan,  hamda  maʼmuriyat  tomonidan  tasdiqlangan  ish  rejalari asosida ish olib borishdi.O‘quv yili davomida hamma bo‘limlarda bo‘lim  yig‘ilishlari, ota- onalar  yig‘ilishlari va  ochiq  darslar o‘tkazildi.

Maktabimizda o‘quvchilarni taʼlimga jalb qilish, dars  jarayonining sifatini oshirish uchun maktabda bir qancha ishlar va tadbirlar o‘tkazib borildi.

O‘qituvchilar  yosh  avlod  qalbida mexr–muxabbat  va  sadoqat,  vatanparvarlik  kabi  insoniy  fazilatlarni  kamol toptirish,  maʼnaviy  yetuk  inson  bo‘lib  voyaga  yetishlari  uchun  bor imkonlarini ishga solmoqdalar.  O‘quv yili davomida barcha bo‘limlarda berilgan topshiriqlar o‘z vaqtida  bajarilib ijrosi taʼminlanmoqda.

Joriy  yil davomida  tuman  xokimligi  va  viloyat  xalq  taʼlimi  boshqarmasi tomonidan  berilgan  barcha  topshiriqlar  o‘z  vaqtida  bajarilib kelinmoqda. Maktab o‘qituvchi va ishchi xodimlari maktabda   o‘tkaziladigan  mavsumiy  xashar  va   obodonlashtirish ishlarida xam birgalikda xamjixat bo‘lib faol qatnashib keldilar

Maktabimizda hozirda 10 ta bo’lim mavjud bo’lib bular

  1. Fortepiano
  2. Torli cholg’ular

3.An’anaviy xonandalik

4.An’anaviy sozandalik

5.Estrada xonandaligi

6.O’zbek xalq cholg’ulari

7.Amaliy san’at

8.Teatr san’ati

9.Tasviriy san’at

10.Xoreografiya san’atlari mavjud